"Inter" kanadalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Milanning "Inter" klubi "Bryugge" yarim himoyachisi Teyjon Byukenenni sotib olishga yaqin turibdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, kanadalik futbolchi allaqachon “neradzurrilar” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Qayd etilishicha, yaqin kunlarda "Inter" "Bryugge" bilan bog'lanib, tovon puli bo'yicha kelishib oladi. Byukenenning Belgiya jamoasi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfer summasi 15 million evro atrofida baholanmoqda.
Byukenen Qatardagi jahon chempionatida Kanada terma jamoasi tarkibida guruh bosqichida golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
177