"Liverpul" 55 million evroli futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Londonning “Fulxem” klubiga tegishli bo'lgan portugaliyalik yarim himoyachi Joau Palinya Angliya Premer-ligasining boshqa klubga o'tishi mumkin. Football Insider nashri xabariga ko'ra, "Liverpul" futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Manbaga ko'ra, londonliklar o'z futbolchisi uchun kamida 55 million evro talab qiladi. Futbolchi uchun kurashda "mersisaydliklar"ning raqiblari “Bavariya” va Londonning “Tottenxem” klublaridir.
Palinya joriy mavsumda "Fulxem"ning 36 o'yinida maydonga tushdi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
177