"Tottenxem" ham Abraxam uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Fichajes nashrining xabariga ko'ra, hujumchi uchun kurashga "Tottenxem" ham qo'shilgan.
"Roma" hujumchisiga "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda. Temmining transferi 40-45 million evro atrofida baholanmoqda. "Roma" 2021 yilda "Chelsi"ga taxminan shunday summa to'lagan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" "Tottenxem"dan hujumchi Xarri Keynni sotib olishi mumkin. Bu holatda Abraxam "shporlar" uchun yanada ustuvor nishonga aylanadi.

Bosh sahifaga
174