"Bavariya" Keynning otasi bilan muzokara olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Myunxenning "Bavariya" klubi "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynning otasi bilan yozgi transfer borasida muzokara olib bordi.
Bild nashri xabariga ko'ra, suhbat chog'ida "Bavariya" rahbariyatida Keyn hozirda Angliyada qolishga ko'proq moyil ekani haqida taassurot qoldirgan.
Avval xabar qilinganidek, Garri Alan Shirrerning rekordini yangilab, Premer-liga tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Keynning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
285