Italiyaning uchta granda Maguayrga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Italiya klublari "Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayrga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 90min nashri xabar bermoqda.
Maguayr kelasi mavsum boshida klubni tark etishi mumkin bo'lgan bir nechta "Manchester Yunayted" futbolchilaridan biri bo'lishi mumkin. "Yuventus", "Milan" va "Inter" himoyachini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyor. Bu variant "mankunianliklar" uchun maqbul emas, ammo klub moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun kelishuvga erishishi mumkin.
Maguayr joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safida Angliya Premer-ligasida 13 ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
153