"Chelsi" portugaliyalik iste'dodli futbolchini o'z safiga qo'shib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Lissabonning "Benfika" jamoasida o'ynayotgan umidli vinger Diego Moreyra faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Record nashrining ma'lum qilishicha, Londonning "Chelsi" klubi 18 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Ko'klar" Moreyraning transferi bo'yicha muzokara olib borishdi va yozda uning transferi bo'yicha kelishib olishdi. Londonliklar Diegoni tekinga qo'lga kiritishadi, chunki uning "burgutlar" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Ushbu mavsumda yarim himoyachi "Benfika"ning ikkinchi jamoasida o'ynadi. U 16 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urgan.

Bosh sahifaga
151