"Napoli" Osimxenga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Atalanta"da to'p surayotgan hujumchi Rasmus Xyoylunn faoliyatini Italiyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.
Neapolliklar Evropaning bir qancha top-klublari da'vo qilayotgan nigeriyalik Viktor Osimxenga muqobil sifatida Xyoylunn nomzodini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Rasmus 26 ta jangda qatnashib, 7 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
370