"Chelsi" Sterlingni sotish variantini ko'rib chiqmoqda, unga "Real" xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati muvaffaqiyatsiz yakunlangan 2022/2023 yilgi mavsumdan keyin tarkibni tozalashni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Feliks Jonstonning so'zlariga ko'ra, “ko'klar” rahbarlari Rahim Sterling, Kristian Pulishich va Hakim Zieshni sotishga tayyor. Qayd etilishicha, Turinning “Yuventus” klubi amerikalik hujumchiga Dushan Vlaxovichni almashish imkoniyati bilan qiziqish bildirmoqda. Sterling esa, "Real" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" bu mavsumda omadsizlikka uchramoqda, Chempionlar ligasidan 1/4 final bosqichida chiqib ketdi va mavsum yakunlanishiga 7 tur qolganida APL turnir jadvalida atigi 11-o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
172