Origi yozda "Milan"ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Hujumchi Divok Origi "Milan"da yaxshi o'yin ko'rsatmayapti. 27 yoshli belgiyalik hujumchi bu mavsumda 27ta o'yinda atigi ikkita gol urgan. O'tgan kuni "rossonerlar" muxlislari hatto Origini o'yinidan norozi bo'lib, unga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
TodoFichajes nashri ma'lumotlariga ko'ra, Origi "Aston Villa"ning qiziqishlari doirasida. Birmingem klubi yozgi transfer oynasi uchun hujumchi qidirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Divok Origi Angliyada "Liverpul" safida o'ynagan edi. Ushbu klub uchun 175 o'yinda hujumchi 41 ta gol urgan.
Transfermarkt portali Origini 8 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
287