Koutino "Inter"ga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Aston Villa" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Inter"ga qaytishi mumkin.
30 yoshli futbolchi mavsumni unchalik muvaffaqiyatli o'tkazmayapti va uning ketishi ehtimoli yuqori.
InterLive nashri xabariga ko'ra, yozda braziliyalik futbolchi faoliyatining boshida - 2008 yildan 2013 yilgacha o'ynagan "Inter"ga o'tishi mumkin.
Filippe Koutino joriy mavsumda “Aston Villa”ning 22 ta o'yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali "Liverpul" va "Barselona" sobiq futbolchisining transfer narxini 14 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
301