"Yuventus" ikki nafar darvozabon nomzodini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Yozda "Yuventus" maoshni qisqartirishi kerak, shu sababli asosiy darvozabon Voytsex Shesni klubni tark etishi mumkin. Turin klubi allaqachon 32 yoshli polshalik posbon o'rniga ikki nomzodni ko'rib chiqmoqda.
Gap "Empoli" darvozaboni Gulelmo Vikario va hozirda "Kremoneze"da ijarada o'ynayotgan Marko Karnesekki haqida ketmoqda. Uning huquqlari "Atalanta"ga tegishli. Mattia Perin "Yuventus"da ikkinchi darvozabon bo'lib qoladi.
Vikarioga esa "Inter" ham qiziqish bildirmoqda. Chunki, milanliklarning asosiy posboni Andre Onananing ketishi kutilmoqda.
Avvalroq, "Yuventus" David De Xeaga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi, ammo ispaniyalik posbon moashining qisqartirilishiga rozi bo'lmaydi.

Bosh sahifaga
217