Osimxen uchun kurashda favorit jamoa nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Napoli" hujum chizig'i etakchisi Viktor Osimxen yozgi transfer oynasida o'z klubini o'zgartirishi mumkin.
Evening Standard nashrining yozishicha, nigeriyalik futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi asosiy da'vogar hisoblanadi. "Ko'klar" afrikalik futbolchini sotib olish uchun 100 million evro ajratishga tayyor.
Osimxenning transferiga Londonning top-klubidan tashqari Frantsiyaning "PSJ" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Viktor A Seriya to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. 24 yoshli hujumchi 23ta o'yinda 21ta gol urgan. Osimxenning neapolliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.