Zieshning oldida bir qancha variantlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Hujumkor yarim himoyachi Hakim Ziesh yozda “Chelsi”ni tark etmoqchi.
Jeunes Footeux nashri xabariga ko'ra, 30 yoshli marokashlik futbolchiga "Tottenxem", "Vest Xem", "Fulxem", "Betis", "Fenerbaxche" va "Beshiktosh" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Ziesh "PSJ" bilan aloqada ekanligi qayd etilgan.
Zieshning transfer narxi 15-20 million evroni tashkil qilishi mumkin. Shu bilan birga, futbolchi katta ehtimol bilan maoshini kamaytirishga to'g'ri keladi. "Chelsi"da Hakim har mavsumda 7 million evro maosh oladi.
2022/2023 yilgi mavsumda Hakim Ziesh 19 ta o'yinda bitta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
313