"Yuventus" Vlaxovichning o'rniga "Atalanta" hujumchisini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Atalanta" hujumchisi Rasmus Xyoylunn Turinning "Yuventus" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "keksa sinora" yozgi transfer oynasida jamoani daniyalik hujumchi bilan kuchaytirishni kutmoqda. Potentsial bitim summasi 50 million evroga baholanmoqda. "Byankonerlar" Rasmus yozda sotilishi mumkin bo'lgan serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich o'rnini egallashi mumkin.
Xyoylunn o'tgan yozda "Shturm"dan "Atalanta"ga ko'chib o'tgandi. Uning Bergamo klubi bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
267