"PSJ" "MYu" qiziqish bildirayotgan hujumchini "ilib" ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Yozgi transfer oynasida "Benfika" hujumchisi Gonsalo Ramush boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
21 yoshli portugaliyalik futbolchiga anchadan beri "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan edi. A Bola nashri xabariga ko'ra, Ramushga "PSJ" ham qiziqish bildirmoqda. Parijliklar "qizil iblislar" qiziqish bildirayotgan hujumchini "ilib" ketmoqchi.
Oldinroq "Benfika" Gonsalo Ramushni 100 million evroga baholagani xabar qilingandi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
2022/2023 yilgi mavsumda Ramush 33 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
275