Sterling jamoasini o'zgartirish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Hujumchi Raxim Sterling yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirish niyatida emas. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 28 yoshli futbolchi mish-mishlarga qaramay, "Chelsi"dagi loyihaga sodiq.
Shuningdek, Romano kelajagi noaniq bo'lgan "Chelsi"ning yana ikki futbolchisi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi. Meyson Maunt bilan muzokaralar hozirda "kutish rejimida". Kante esa jamoada qolmoqchi. Tomonlar yangi shartnoma tafsilotlari bo'yicha kelishib olishga yaqin turibdi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida o'ninchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
266