Rasman! "Barselona" Ronaldinoning o'g'li bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Afsonaviy Ronaldinoning o'g'li Joao Mendes "Barselona" bilan rasman shartnoma imzoladi. Kataloniya klubi Mendesni U-19 jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirdi.
25 fevral kuni Joao Mendes o'zining 18 yoshini nishonladi. "Barselona"da yosh futbolchi otasining izidan borishga harakat qiladi.
Ronaldino 2003-2008 yillarda "Barselona"da o'ynagan. Besh mavsum davomida braziliyalik futbolchi 207 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda Ronaldino 94 ta gol urgan va sheriklariga 70 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
249