"Bavariya" turkiyalik 19 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi himoyachisi Ferdi Kadio'g'lu tez orada Evropaning etakchi klublaridan biri safiga qo'shilishi mumkin.
Takvim nashrining yozishicha, 23 yoshli futbolchiga "Bavariya" qiziqmoqda.
Ferdi himoyaning ikkala qanotida ham, hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida ham o'ynay oladi. Futbolchining ko'p qirraliligini "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsman yoqtiradi. Manbaga ko'ra, "Fenerbaxche" futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Kadio'g'lu Turkiya chempionatida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining ikki fuqaroligi bor - Turkiya va Niderlandiya.

Bosh sahifaga
268