Neymarga APL klubidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar yozgi transfer oynasida "PSJ"ni tark etishi mumkin.
Football Insider nashri xabariga ko'ra, 31 yoshli janubiy amerikalik futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Hujumchiga “Liverpul” bilan shartnoma imzolash taklifi tushdi.
Manbaga ko'ra, kelishuvni yakunlash uchun "mersisaydliklar" Neymarning transferi uchun taxminan 80-90 million evro to'lashlari kerak bo'ladi. Braziliyalik hujumchini "Liverpul"dan tashqari Londonning "Chelsi" klubi ham qo'lga kiritishi mumkin.
Hujumchi 2017 yildan beri "PSJ"da to'p suradi. Neymarning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
245