Rasman! «Barselona» Xulian Arauxo bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Himoyachi Xulian Arauxo «Los-Anjeles Gelaksi» klubidan «Barselona»ga o'tdi.
Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchi bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Meksikalik futbolchi yaqin kunlarda «Barselone B» safiga qo'shiladi.
Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu transfer "ko'k-anorranglilar" uchun 4 million evroga tushdi.
Arauxo 2022 yilda MLSda 31 ta o'yin o'tkazib, 5 ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
245