"Real" o'z tarbiyalanuvchisini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Madridning "Real" klubi o'z tarbiyalanuvchisi Fran Garsiyani "Rayo Valekano"dan sotib oladi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, klublar o'rtasidagi kelishuv bo'yicha barcha hujjatlar tayyor.
"Real" 23 yoshli himoyachini 10 million evroga qaytarib sotib olish optsiyasini faollashtiradi, biroq 2021 yildagi dastlabki shartnomaga qayta sotishdan tushgan daromadning 50 foizini kiritganligi sababli atigi 5 million evro to'laydi.
Garsiya yozda 5 yillik shartnoma asosida "Real"ga o'tadi.
Fran Garsiya bu mavsumda La Liganing 21 o'yinida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
247