"Chelsi" futbolchisi Madridga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Londonning "Chelsi" klubida o'ynaydigan AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Pulishich mavsum oxirida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Todofichajes nashrining ma'lum qilishicha, 24 yoshli amerikalik futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. “Matraschilar” futbolchini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Kristianning "ko'klar" bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning narxini 38 million evroga baholamoqda.
Pulishich joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
218