"Real" "Zenit" futbolchisi uchun 40 million evro taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Madridning "Real" klubi "Zenit"ning braziliyalik himoyachisi Robert Renanga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Jovem Pan Esportes nashri.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" 19 yoshli futbolchi uchun "Zenit"ga 40 million evro taklif qiladi. Renan o'ynayotgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatidan so'ng darhol Rossiya klubiga rasmiy so'rov yuborilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yosh himoyachi shu qishda "Korintians"dan "Zenit"ga o'tgan edi. Braziliyalik futbolchining peterburgliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt Renanni 2 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
257