"MYu" "Barselona" hujumchisi uchun katta mablag' sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Mish-mishlar "Barselona" hujumchisi Ansu Fatini "Manchester Yunayted" bilan bog'lanishda davom etmoqda.
Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" yozda 20 yoshli futbolchining transferi uchun katta mablag' sarflashga tayyor.
Shu bilan birga, "Barselona" Ansu Fati bilan xayrlashmoqchi emasligi qayd etilgan. Kataloniyaliklar futbolchining o'zi transferni talab qilgan taqdirdagina muzokara jarayoniga kirishishga tayyor bo'ladi.
Transfermarkt portali Ansu Fatini 50 million evroga baholamoqda, ammo "Barselona" aslida hujumchi uchun ko'proq mablag' so'rashi aniq.

Bosh sahifaga
254