"Benfika" Entso Fernandesni "Chelsi"ga arzonroqqa sotmoqchi edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Benfika" klubi yarim himoyachi Entso Fernandesni 121 million evrodan kamroqqa sotishga rozi edi.
The Times nashri xabariga ko'ra, agar "Chelsi" argentinalik futbolchini mavsum oxirigacha ijarada saqlab qolsa, Portugaliya klubi 100 million evrolik shartnomani qabul qilishga tayyor edi. Bu holatda futbolchining o'zi London klubidagidek maosh olishni boshlar edi.
Entso bu variantni rad etdi va to'g'ridan-to'g'ri Premer-ligaga borishni xohlayotganini ta'kidladi. Natijada "Chelsi" APLning transfer rekordini yangiladi.