Delofeu "Tottenxem"ga deyarli o'tgandi, lekin yakunda bu transfer barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Udineze" hujumchisi Jerar Delofeu qishki transfer oynasida "Tottenxem"ga o'tishga yaqin edi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchining London klubiga o'tishi deyarli yakunlangan, biroq Delofeuning jarohati hammasini o'zgartirib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, hujumchi Angliya Premer-ligasida "Everton" va "Uotford" klublari sharafini himoya qilgan.
Delofeuning "Udineze" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
243