So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Bu aql bovar qilmas jang bo'ldi». «Chelsi» Entso Fernandes transferi bilan to'liq ikki kun ovora bo'lgan, kelishuv so'nggi daqiqalarda imzolangan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
Italiyalik jurnalist va insayder Fabritsio Romano argentinalik futbolchi Entso Fernandesning “Chelsi”ga transferi tafsilotlari haqida gapirdi.
“Benfika” yarim himoyachisi transfer oynasining so'nggi kunida APL uchun rekord narx bo'lgan 121 million evro evaziga “Chelsi” safiga o'tdi.
Jurnalistning ma'lum qilishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar qiyin o'tgan va 20 soatdan ortiq davom etgan. Entsoning “Chelsi”ga o'tish istagi hal qiluvchi faktor bo'lgan.
“Transfer oynasi ochilgan yanvarning boshida futbolchi transfer tezroq amalga oshishi uchun turli yo'llardan foydalangan: mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan va qo'yib yuborishlarini talab qilgan.
Oyning so'nggi kunlarida muzokaralar qayta tiklangach, Fernandes professionallarga xos harakat qilgan va "Benfika" prezidentiga vaziyatni to'g'ri tushuntirgan. Bu hal qiluvchi rolni o'ynagan, sababi Ruy Koshta transfer oynasining so'nggi daqiqalarigacha takliflarni qabul qilishni istamagan.
Oy davomida "Chelsi" turli takliflar bilan chiqqan — 85 million evro, 100, 120 — biroq "Benfika" barchasiga rad javobini bergan. Tomonlar transfer oynasining so'nggi kuniga kelib kelishuvga erishgan.
30 yanvar kungi 20 soatlik muzokaralardan keyin tomonlar kelishuvga deyarli erishgan, biroq "Benfika" prezidenti o'sha vaqtda ham yakuniy qaror borasida bir to'xtamga kelmagan. "Chelsi" tuni bilan javob kutgan, ammo portugal jamoasi rozilik bermagan.
31 yanvar kuni yana 20 soat muzokara o'tkazilgan va so'nggi daqiqalarga kelib kelishuv amalga oshgan. "Chelsi" 120 million evroni to'lashning olti xil variantini ilgari surgan.
Futbolchi va London klubi o'rtasidagi shaxsiy shartnomani imzolash jarayoni ko'p vaqt olmagan, sababi tomonlar avvalroq bu borada kelishib qo'ygan.
Asosiy to'siq "Benfika" prezidenti bo'lgan, u futbolchini olib qolishni istagan. Muzokaralarda "Chelsi"ning barcha mutasaddilari, xususan, Todd Bouli ham qatnashgan. Muzokaralar jang kabi bo'lgan, bunga aql bovar qilmaydi.
20:00 ga kelib kelishuv deyarli barbod bo'lgandi, biroq "Chelsi" taslim bo'lmadi, yana va yana yangi variantlar taqdim etaverdi. Entso ham qarorida oxirigacha qat'iy turdi, natijada tibbiy ko'rik o'tkazildi va shartnoma yarim tunga yaqin imzolandi”, — deydi Fabritsio Romano.