Rasman! "Lester" futbolchisi La Ligaga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
“Lester” hujumchisi Ayose Peres faoliyatini “Betis”da davom ettiradi.
Ispaniya klubi matbuot xizmati 29 yoshli futbolchining ijaraga olinganini rasman tasdiqladi. Shartnoma joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Ayose Peres 2019 yilning yozida 33,4 million evro evaziga "Nyukasl"dan "Lester"ga o'tgan. Ispaniyalik futbolchining “tulkilar” bilan tuzgan shartnomasi olti oydan keyin tugaydi.
Angliya Premer-ligasining mavsumida Peres atigi sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.