Entso Fernandes "Chelsi" uchun Portugaliyada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Entso Fernandes transfer oynasi yopilgunga qadar "Benfika"dan "Chelsi"ga o'tishi mumkin.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, klublar yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishib olishlari ehtimoli ortib bormoqda. "Benfika" futbolchiga kelishuv amalga oshsa, Portugaliyada tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat berdi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining Lissabon klubi bilan shartnomasida tovon puli 120 million evro ko'rsatilgan .
Joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi "Benfika" safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
181