Saytimiz orqali "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Germaniyaning Bild nashri xabariga ko'ra, Joau Kanselu "Bavariya"ga o'tishga yaqin turibdi.
Portugaliyalik futbolchi Myunxen klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida o'tadi. Bugun portugaliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Kanselu joriy mavsumda Premer-ligada 17 ta o'yinda maydonga tushdi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Barselona" a'zosi Karles Puyolning otasi yo‘l ishchisi bo‘lib ishlagan va asfalt yotqizayotganida traktor ostida qolib ketib, fojiali tarzda olamdan o‘tgan.