Ukrainalik futbolchi "Inter Mayami"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Donetskning “Shaxtyor” klubi himoyachisi Sergey Krivtsov MLSda ishtirok etayotgan "Inter Mayami" jamoasiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Mishel Kaufman xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Inter Mayami" rahbariyati himoyachining transferi bo'yicha kelishuvni yakunlagan. Krivtsov yaqin kunlarda jamoaga qo'shilishi mumkin.
31 yoshli Krivtsov Donetsk klubida 2010 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Umumiy hisobda markaziy himoyachi “Shaxtyor” safida 218 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
227