London klubi "Arsenal"ning sobiq futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Londonning "Vest Xem" klubi sobiq "Arsenal" futbolchisini sotib olishga harakat qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Marsel" yarim himoyachisi Matteo Genduzi uchun kurashga "bolg'achilar" ham qo'shilgan.
23 yoshli futbolchi uchun "Aston Villa" da'vogarlik qilayotgan edi. Frantsiya terma jamoasi a'zosi 2018 yilda "Arsenal"ga olib kelingan edi.
Manba: bbc.com