"Vulverxempton" futbolchisi Niderlandiya chempionatiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Niderlandiyaning PSV klubi "Vulverxempton" hujumchisi Fabiu Silvani ijaraga olganini rasman e'lon qildi.
Shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi. Shuningdek, klub “bo'rilar” himoyachisi Ki-Yan Xuverning ijara shartnomasini muddatidan avval bekor qildi.
20 yoshli Fabiu Silva joriy mavsumda "Anderlext"da ijara asosida o'ynadi. Portugaliyalik futbolchining hisobida 11 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.