"Arsenal" 15 million evrolik transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Ispaniyaning "Valyadolid" klubini o'ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda yaqin kunlarda Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tadi.
Jurnalist David Ornshteyn xabariga ko'ra, 18 yoshli himoyachi Londonning "Arsenal" jamoasiga o'tadi. Transfer summasi 15 million evroni tashkil qiladi.
Biroq Fresneda transferni yakunlashi bilanoq, u mavsumni ijara asosida yakunlash uchun "Valyadolid"ga qaytadi. Ivan "Arsenal" safida faqat keyingi mavsumda debyut qilishi mumkin.
Avvalroq, "Real" Fresnedaga qiziqish bildirgandi, ammo "qirollik klubi" ispaniyalik futbolchini transfer qilish bo'yicha aniq choralar ko'rmadi. Ivan La Liganing joriy mavsumida 10 ta o'yin o'tkazdi.

Bosh sahifaga
183