Karraskoning narxi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Belgiyalik hujumchi Yannik Karrasko "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi. Hozirda u Madridning "Atletiko" klubida o'ynamoqda.
Sport.es nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" belgiyalik futbolchini taxminan 20 million evroga sotib olishi mumkin. Transfermarkt portali futbolchini 30 millionga baholamoqda.
Karrasko 2020 yilning kuzidan beri Madridning “Atletiko” klubida o'ynamoqda. Hujumchi joriy mavsumda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
155