APLning bir nechta klublari Dembelega qiziqish bildirishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari "Lion" hujumchisi Musa Dembeleni qo'lga kiritishga umid qilmoqda.
Angliya matbuotining xabariga ko'ra, "Aston Villa" va "Everton" klublari frantsiyalik hujumchiga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida. Xabar qilinishicha, shu yilning yozida "Lion" bilan shartnomasi yakuniga etadigan futbolchi borasida hali hech bir klub "Lion" bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borgani yo'q.
Transfermarkt portali Dembeleni 18 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
154