"Barselona" Obameyangni ortga qaytarish fikridan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Barselona" ketishga yaqin turgan Memfis Depay o'rniga munosib futbolchi sotib olishga umid qilmoqda.
Niderlandiyalik hujumchi tez orada Madridning "Atletiko" jamoasiga o'tishi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgan edi. "Barselona" 28 yoshli futbolchiga o'rinbosar izlash maqsadida transfer bozorini o'rganmoqda, ammo klubning moliyaviy qiyinchiliklarini inobatga olgan holda bu vazifani hal qilish oson bo'lmaydi, deya xabar beradi jurnalist Toni Xuanmarti.
Ma'lumki, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati yozdan beri "Chelsi"da o'ynayotgan Per-Emerik Obameyangning qaytishini endi kutmayapti.
Eslatib o'tamiz, Memfis Depayning sotilishi "Barselona"ga 3 million evroga yaqin daromad keltiradi.

Bosh sahifaga
157