"Atalanta" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Italiyaning "Atalanta" klubi hujumchisi Duvan Sapata faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
«Everton» mavsumni yomon o'tkazmoqda - 19 turdan keyin atigi 15 ochko va Angliya chempionati turnir jadvalida 19-o'rin. Klub tushib ketish zonasidan chiqib ketish uchun tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga umid qilmoqda va 31 yoshli hujumchi bilan Frank Lempard hujumdagi muammolar echimini ko'rmoqda, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
«Everton» «Atalanta» bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ayni damda tomonlar kolumbiyalik futbolchini keyinchalik 17 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijarani muhokama qilishmoqda.
Duvan Sapata yozda "Vest Xem"ga o'tishi mumkin edi, ammo kelishuv amalga oshmay qoldi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
178