Vegxorst bugun «Manchester Yunayted»da tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Manchester Yunayted" klubi hujumchi Vaut Vegxorst bilan kelishuvga erishdi. "Qizil iblislar" niderlandiyalik futbolchi ijara shartnomasini muddatidan avval bekor qilishi uchun "Beshiktosh"ga 3 million evro to'lashadi.
Shundan so'ng 30 yoshli o'yinchi "Byornli"dan "MYu"ga ijaraga beriladi.
Vegxorst bugun, 12 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Manchesterga etib keladi. Shundan so'ng transfer rasman e'lon qilinadi.
Vegxorst Turkiya chempionatining birinchi yarmida 16ta o'yinda ishtirok etib, 8 gol va 4 assist muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
182