"Atletiko" "Lester" himoyachisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Madridning “Atletiko” klubi yanvar oyidagi transfer oynasida markaziy himoyachilar rotatsiyasini amalga oshirishi mumkin.
Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, "matraschilar" rahbariyati "Lester"ning turkiyalik himoyachisi Chag'lar Seyundjyuning transferini muhokama qilishda davom etmoqda, Felipe Augusto esa boshqa ingliz klubiga o'tishi mumkin. Gap braziliyalik futbolchiga qiziqishi o'tgan yilning dekabr oyidan beri ma'lum bo'lgan "Vulverxempton" haqida ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Felipe "Atletiko" libosida atigi uchta o'yin o'tkazgan, Seyundjyu ham "Lester" safida barcha musobaqalarda uch marta maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
188