"Barselona" Obameyang borasida La Liga bilan maslahatlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Barselona"ning tarkibi qishki transfer oynasida o'zgarishi mumkin. Demak, "Chelsi"da o'zini yaxshi ko'rsata olmayotgan 33 yoshli hujumchi Per-Emerik Obameyang "Kamp Nou"ga qaytishi mumkin.
"So'nggi soatlarda "Barselona" Memfis Depay yoki Frenk Kesse ketsa, Obameyangni qaytarib olish imkoniyati masalasida La Liga bilan maosh chegarasi haqida maslahatlashmoqda" - dedi jurnalist Jerar Romero.
Eslatib o'tamiz, Per-Emerik Obameyang o'tgan mavsumning ikkinchi qismida "Barselona"da o'ynagan edi. O'shanda gabonlik futbolchi "ko'k-anorranglilar" tarkibida 24 ta o'yinda 13 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
186