Ukrainalik futbolchi "Arsenal"ga 100 million evroga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Bir necha kun oldin 22 yoshga to'lgan ukrainalik iqtidorli vinger Mixail Mudrik Angliya Premer-ligasiga o'tishga yaqinlashmoqda. Mudrik uchun poygada favorit - Londonning "Arsenal" jamoasi.
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, Mixail Mudrikning "Shaxtyor"dan "Arsenal"ga o'tishi 100 million evroni tashkil qilishi mumkin. Ko'rinishidan, bu summa ichiga bonus to'lovlari ham kiradi.
Mixail Mudrik 2022/2023 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining guruh bosqichida yaxshi o'ynadi. Oltita o'yinda ukrainalik futbolchi uchta gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatma berdi.

Bosh sahifaga
191