"Barselona" "Sporting" himoyachisining transferiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Kataloniyaning "Barselona" klubi Lissabonning "Sporting" jamoasi himoyachisi Pedro Porroning transferiga qizivish bildirmoqda.
Record nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" ispaniyalik futbolchining transferi borasida Portugaliya klubi bilan aloqaga chiqqan.
"Sporting" Porro uchun 40 million evrodan ko'proq so'rashini inobatga olsak, "Barselona" moliyaviy muammolar tufayli futbolchi olish imkoniyatiga ega emas. Bundan tashqari, yozda ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritishga urinishlarini jiddiy ravishda davom ettiradigan Londonning "Tottenxem" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Porro avvalroq Angliyada "Manchester Siti"da o'ynagan, keyin esa "Sporting"ga tarkibiga ko'chib o'tdi.

Bosh sahifaga
184