Tyuram "Nyukasl"ga emas, obro'liroq jamoaga o'tmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Menxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Markus Tyuram qishki transfer oynasida "Nyukasl"ga o'tmaydi.
Jurnalist Kristian Falkning fikricha, “qarg'alar”ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyati va Premer-ligada uchinchi o'rinni egallab turishiga qaramay, frantsiyalik futbolchi ko'proq nufuzli jamoaga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Avvalroq, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" kabi klublar Bundesliganing joriy mavsumida eng yaxshi to'purarlardan birini transfer qilishdan manfaatdor edi. 25 yoshli hujumchining "Borussiya" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun potentsial xaridor Tyuramni chegirma bilan olishi mumkin.
Markus Germaniya chempionatining ushbu mavsumida 10 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
189