"Tottenxem" bu futbolchini qishda o'z safiga qo'shib olmasa, yozda qaytadan harakat qilib ko'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Lissabonning "Sporting" klubi himoyachisi Pedro Porro hamon "Tottenxem"ning transfer bozoridagi maqsadi bo'lib turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, ispaniyalik o'ng qanot himoyachisi "shporlar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Muammo shundaki, "Sporting" mavsum o'rtasida asosiy o'yinchilaridan birini qo'yib yuborishga rozi bo'lmasa kerak. Shu sababli, "Tottenxem" yozda futbolchini qo'lga kiritish uchun qayta harakat qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Porro avvalroq Angliyada yana bir top-klub - "Manchester Siti" tarkibida to'p surgan va u yaqinda uni doimiy ravishda tark etgandi.

Bosh sahifaga
190