"Napoli" Polsha terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Sampdoriya" himoyachisi Bartosh Bereshinski Italiyaning boshqa klubiga o'tishga yaqin turibdi. Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Napoli" 30 yoshli polshalik futbolchining yangi klubiga aylanadi.
Bereshinski bugun, 6 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng u neapolliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Bartoshning transfer narxi uch million evroga baholanmoqda va uning "Sampdoriya" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
2022/2023 yilgi mavsumda himoyachi Italiya chempionatining 15 ta uchrashuvida qatnashib, bitta sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
184