"Chelsi" e'tiborini APLning boshqa klubi futbolchisiga qaratishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Londonning "Chelsi" klubi tez orada "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedoni transfer qilishga urinib ko'rishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Entso Fernandesning transferi bo'yicha muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so'ng "ko'klar" muqobil variantlarni ko'rib chiqish niyatida. Ulardan biri Kaysedo bo'lib, u avvalroq "Chelsi"ga o'tishga tayyorligini bildirgan edi.
“Ko'klar"ning hozirgi murabbiyi Grem Potter avvalroq "Brayton"da Kaysedo bilan birga ishlagan va ekvadorlik futbolchining asosiy tarkibga kirishiga yordam bergan. Bu fakt futbolchining qarorida juda muhim rol o'ynashi mumkin.

Bosh sahifaga
187