Marokash terma jamoasi futbolchisi "Napoli"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Azzedin Unai "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi.
Frantsiyaning "Anje" klubi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisiga "Barselona" va "Atletiko" ham qiziqish bildirgan, biroq ayni damda Italiya klubi uni qo'lga kiritishga yaqin turibdi.
Ma'lum qilinishicha, yanvar oyida transfer amalga oshirilsa, Unai mavsum oxirigacha ijara asosida "Anje"da qoladi yoki boshqa klubga ijaraga beriladi. Ijaraga berilishi mumkin bo'lgan variantlar sifatida "Lester" va "Lion" klublari ko'rsatilgan.
TyC Sports nashri xabariga ko'ra, "Napoli" Unai uchun taxminan 20 million evro to'laydi.

Bosh sahifaga
183