«Benfika» Entso Fernandes borasida bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
«Benfika» klubi himoyachi Entso Fernandesni qishki transfer paytida sotmoqchi emas. Klub bu haqda bayonot berdi.
«Benfika» shuni ma'lum qiladiki, jamoa prezidenti Ruy Koshta hech qachon Entsoni yanvar oyida sotish haqida gapirmagan.
Klub mavsum oxiriga qadar Entso Fernandesni olib qolmoqchi», – deyiladi lissabonliklar tarqatgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchiga «Chelsi», «Liverpul» va «Real Madrid» klublari qiziqish bildirishmoqda.