"Arsenal" braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Ayni damda Frantsiyaning “Lion” klubida ijara asosida o'ynayotgan braziliyalik vinger Tete faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Goal.com portali xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlari Angliya Premer-ligasining bir qator klublariga taklif qilingan. Gap "Arsenal", "Tottenxem", "Nyukasl" va "Vest Xem" haqida ketmoqda. Ro'yxatdagi barcha klublar keyinroq sotib olish imkoniyati bilan janubiy amerikalikni ijaraga olishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, futbolchining to'liq shartnomasi Ukrainaning "Shaxtyor" klubiga tegishli.
Tete joriy mavsum Frantsiya chempionatida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
199